amoCRM va Bitrix24'dagi qo'ng'iroqlar o'zi matnga aylanadi, menejer sizning skriptingiz bo'yicha baholanadi, issiq lid esa yo'qolib ketmaydi. O'zbek va rus tilida, kechayu kunduz.
Hech kim hech narsani qo'lda yuklamaydi va tinglab o'tirmaydi. Har bir qo'ng'iroq shu to'rt qadamdan o'tadi.
amoCRM yoki Bitrix24 bir marta ulanadi — buni biz qilamiz. Qo'ng'iroqlar yozuvi o'zi oqib kela boshlaydi.
So'zma-so'z matn — o'zbekcha ham. Biz o'nlab modelni sinab ko'rib, o'zbek nutqini eng aniq tushunadiganini qoldirdik.
Sizning skriptingiz mezonlari bo'yicha ball, lid harorati va «nega shunday» degan izoh. Kayfiyatga emas — qoidaga qarab.
Xulosa sdelkaga eslatma bo'lib tushadi, «30 daqiqada bog'lan» vazifasi qo'yiladi, Telegramga xabar ketadi.
Har bir funksiya jonli sotuv bo'limida sinab ko'rilgan, chiroy uchun qo'yilgani yo'q.
Har bir suhbat matnga aylanadi — o'zbekcha, ruscha va aralash gapirilsa ham. Qidiruvdan istalgan so'zni topasiz.
Mezonlarni o'zingiz yozasiz: salomlashuv, ehtiyojni ochish, narx, keyingi qadam. AI shu qoidalarga qarab ball qo'yadi.
Har bir suhbatdan keyin lid Sovuq, Iliq yoki Issiq deb belgilanadi. Ertalab kimga birinchi qo'ng'iroq qilishni bilib turasiz.
Mijoz qo'ng'iroq qilib, ko'tarilmasa — menejerga eslatma ketadi. Ochiq vazifa bo'lsa, bezovta qilmaydi.
Kechqurun rahbarga dayjest: nechta qo'ng'iroq, dozvon foizi, suhbat vaqti, kim ko'tarildi, kim tushdi. Haftada — audit.
Kabinet sizning nomingiz va rangingiz ostida. Egasi hammasini, ROP hisobotlarni, menejer faqat o'z qo'ng'iroqlarini ko'radi.
Har kim faqat o'ziga keragini ko'radi. Menejer boshqaning ballini ko'rmaydi.
Kim qanday sotayotgani va pul qayerda oqib ketayotgani ko'rinib turadi — hisobot so'rab o'tirmaysiz.
Kunlik hisobot, haftalik audit va reyting o'zi Telegramga keladi. Sizga faqat qaror qabul qilish qoladi.
Faqat o'z qo'ng'iroqlaringiz va ballaringiz. Nega shunday baho qo'yilgani ham yozib qo'yiladi.
Yashirin to'lov ham, «paketni ko'taring» degan gap ham yo'q. To'lov jadvali shunchaki shunday ko'rinadi.
Jami birinchi oy: $500. Ichida — o'rnatish, sozlash, $300 AI kredit va cheklovsiz o'zgartirishlar.
Ishga tushirishni bron qilishTelegramda yozing — CRM'ingizni ko'ramiz, bitta jonli qo'ng'iroqni tahlil qilib ko'rsatamiz. Bepul va majburiyatsiz.
t.me/stepbirodar